Bibinis Boltaboyeva
Bibiniso Shamuratovna Boltaboyeva (1913-yil 17-mart — 2004-yil 24-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbeklar orasidan chiqqan dastlabki 5 (baʼzi manbalarda 3 yoki 4 ta) parashutchidan biri. Oʻzbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qahramoni, uchuvchi — Abdusamat Toymetovning rafiqasi. Savdo tizimida ishlagan, respublika savdo vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1936-yil kuz—1937-yil 15-yanvar oraligʻida A. Toymetov qoʻlida desantchilik boʻyicha tahsil olgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org