Bibi Otun




Bibi Otun (Bibi Otun binti Gʻani maxdum, Bibi otun, Bibi otun oyim) — Mangʻitlar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1800) xotini. Jannatmakon madrasasi donatori.

Kelib chiqishi



Bibi Otun XVIII asrda Muhammad Gʻani maxdum xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Uning ajdodlari tariqat ahlidan edi. Bobosi shayx Koʻlobiy nomi bilan mashhur Xalifa Jonmuhammad Koʻlobiy edi.

Hayoti



Bibi Otun ham hol ham qol ilmidan xabardor edi. U ajdodlari yoʻlini davom ettirib oʻz hisoblari evaziga Jannatmakon madrasasini bunyod ettiradi va naqshbandiya tariqati vakilini bu yerga mudarris etib tayinlaydi. Ushbu oʻquv dargohi Buxoro inqilobiga qadar mujaddidiya-naqshbandiya tariqati gʻoyalarini targʻib qiluvchi maktablardan biri boʻlib qoladi. Inqilob davrida ilm maskani vayron etiladi.

Oilasi



Bibi Otun Amir Shohmurodning xotini, ulardan Mir Husayn va Bibi Robia dunyoga kelishgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz