BIBI MUSHKULKUSHOD



BIBI MUSHKULKUSHOD — o’zbeklar va tojiklarning afsonalarida hayotdagi turli mushkullarni oson qiluvchi kampir siymosi. Rivoyatlarga ko’ra, Bahouddin Naqshbandning xolasi. Ayollar turmushda biron-bir baxtsizlikka uchragan kezlarida yoki ishlari yurishmaganda odatda chorshanba kuni Bibi Mushkulshodni eslab, unga atab Majlis qurishgan, ziyofat uyushtirishgan, tilanchilarga xayr-sadaqa berishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz