Bibi Javindi maqbarasi




Bibi Javindi maqbarasi (urdu. مقبرہ بی بی جیوندی) – Panjobning Uch Sharif shahridagi yodgorlikdan biri. 15-asrga oid bu maqbara Suhravardiya tariqatidan boʻlgan soʻfiylar yetakchisi Bibi Javindiy uchun qurilgan. Javindi mashhur soʻfiy avliyo Jahonniyon Jahongashtning nevarasi boʻlgan.

Joylashuv



Bu maqbara Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan Uch sharifning janubi-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Mahalliy aholi Uch Sharif nomi bilan mashhur boʻlgan shaharning asli nomi Uchdir.

Arxitektura



Asosi sakkiz burchakli, uning har bir burchagida minora mavjud. Bino uch qavatdan iborat, eng tepasida gumbaz mavjud. Binoning ichki va tashqi taraflarida islomiy bitiklar va oq mozaik koshinlar bilan boy bezatilgan.

Jahon madaniy meros roʻyxatida



Ushbu maqbara Pokistonning Arxeologiya va muzeylar departamenti tomonidan 2004-yil yanvar oyida ushbu hududdagi boshqa toʻrtta yodgorlik bilan birga Jahon merosi ob’ektlariga kiritilishi uchun taqdim etilgan. Bu yodgorliklar: Bahoal-Halim ziyoratgohi, Ustead maqbarasi, Jaloliddin Buxoriy ziyoratgohi, Jaloliddin Buxoriy masjididir.

Yodgorlikni saqlash




Asrlar davomida maqbara tabiat sharoitlari natijasida yemirilgan. 1817-yildagi kuchli toshqinlar paytida inshootning yarmi yuvilib ketgan. Hozirgi kunda ushbu maqbaraning faqatgina yarmi qolgan. 1999-yilda Pokistonning Tabiatni muhofaza qilish va reabilitatsiya markazi xalqaro tashkilotlar va shahar rasmiylarini maqbarani saqlash uchun birga ishlashga taklif qildi. Biroq, namlik, tuz miqdorining koʻpayib borishi va eroziya tufayli yodgorliklar hali ham qulab tushmoqda. Taʼmirlashga urinish boʻlganda notoʻgʻri amallar tufayli maqbara yana koʻproq shikastladi.

Galareya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz