BIBI BUVAYDA MAQBARASI



BIBI BUVAYDA MAQBARASI — Farg’ona viloyati Buvayda tumanidagi me’moriy yodgorlik (15-16-asrlar). Ziyoratxona va ikki go’rxonadan iborat, to’g’ri burchak tarxli (18×8,5 metr). Din arbobi, afsonaviy sarkarda Shoh Jalil onasi (Bibi Huvaydo) va xotiniga atab qurdirgan deb taxmin qilinadi. Peshtoqining ikki yoniga guldastalar ishlangan. Ziyoratxona va go’rxona tomlari gumbazli. Sharq tomondan ziyoratxonaga taqab Bibi Buvaydaning nabirasi qabri ustiga kichik xona qurilgan. Maqbara bezaksiz, ichkarisi ganch bilan suvalgan. Eshigi o’yma handasiy naqshli. Bino qurilishida pishikq g’isht (25x25x5 santimetrli) ishlatilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz