Bhopal falokati




Bhopal falokati yoki Bhopal fojiasi Hindistonning Bhopal shahrida 1984-yil 2-3-dekabrida sodir boʻlgan gaz sirqishi hodisasi boʻlib, qurbonlari soniga koʻra dunyoning eng katta sanoat falokatlaridan biridir. Falokat Union Carbide India Limited (UCIL) kompaniyasiga tegishli pestitsid zavodidan metilizotsianat va boshqa zaharli gazlarning sizib chiqishi bilan boshlandi. 500 mingdan ziyod aholi zaharlandi. Halok boʻlganlar soni turlicha baholanadi. Rasmiy xabarga binoan falokat kechasi 2 mingdan ziyod odam halok boʻldi. Madhya Pradesh shtati hukumati 3787 nafar kishining zaharlanib oʻlgani haqida xabar chiqardi. Boshqa taxminlarga binoan gaz sirqishidan keyingi ikki hafta ichida 8 ming kishi halok boʻlgan, yana 8 ming kishi shu kungacha gazdan kasallanib, vafot etgan. 2006-yilgi hukumat bayonnomasida gaz sirqishi 558 125 jarohat, bulardan 38 478 nafari qisman, 3 900 nafari esa batamom nogiron boʻlib qolgani taʼkidlanadi.

UCIL Union Carbide Corporation (UCC) ning Hindistondagi boʻlimi boʻlib, qisman hind hukumati boshqaruvi ostida edi. 1994-yilda UCC UCIL ni Eveready Indistries India Limited (EIIL) ga sotdi. EIIL 1998-yilda falokat joyini tozalab, sobiq zavod joyini Madhya Pradesh hukumatiga topshirdi. 2001-yilda Dow Chemical Company UCC ni sotib oldi.

Bhopal tuman sudida UCC va Warren Anderson (fojia paytidagi UCC direktori) ga qarshi fuqarolik va jinoiy ishlar koʻrib chiqilmoqda. 2010-yil iyunida yettita UCIL xodimi aybdor deb topilib, har biri $2 ming jarima va ikki yillik qamoq jazosiga tortildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz