Bharata




Bharata — qadimgi Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar ittifoqiga kirgan hamda panchallar bilan birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxminan miloddan avvalgi 7-asr). „Bharata avlodlari“ Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi „Mahabharata“ asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va Satlej daryolari oraligʻi) nomi bilan qadimda koʻpincha butun Hindiston hududi tushunilgan.
Hindiston Respublikasining hozirgi rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz