Bhairavi Goswami




Bhairavi Gosvami  — hind aktrisasi va teleboshlovchisi.

Yoshligi



Bhairavi Gosvami aralash millatli oilada tugʻilgan. Uning otasining bir qismi bengal, onasi esa kreol millatiga mansub. Bhairavi Gosvami bolaligida raqs va rasm chizishga juda qiziqqan va maktab davrlarida har xil musobaqalarda qatnashgan. Bhairavi Gosvami 6 yoshida Hindistonni tark etgan va oʻsmirlik davrida modellik va aktyorlik kasbini egallash uchun qaytib kelgan hamda oʻsmirlik davrining koʻp qismini Buyuk Britaniyada oʻtkazgan.

Faoliyati



Modellik



Bhairavi Gosvami „Pantaloons Model Quest“ tanlovida gʻolib chiqqan va „AXN Hot & Wild“ tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan. Times of India uni „sosiylashishni yaxshi koʻradigan Hindistonning Parij Hiltoni“ deb taʼriflagan.

Kino va teatr



Sagar Bellary ning Bheja Fry filmidagi birinchi kino rolidan soʻng, Bhairavi Gosvami My friend Ganesha 2 nomli bolalar uchun moʻljallangan kompozit animatsion filmda suratga tushadi. Oʻzining navbatdagi Chutti Bhatti filmida Anupam Kherni va Amitabh Bachchan bilan kameo koʻrinishida rol ijro etadi, filmda u jozibali qiz rolida suratga tushgan. Bhairavi, Kachcha Limboo filmida oddiy maktab oʻqituvchisi obrazini ijro etish uchun jozibali qiyofasini oʻzgartirgan. U rol ijro etgan o‘nta spektakli bor, jumladan; Liar, liar , Tea Coffee or Me va Mad House.

Kliplarda



Samir Malkan rejissyori boʻlgan „Samundar Mein Nahake“ remiksida suratga tushgan. Raaghav Sacharning HMV telekanali uchun Indrajit Nattoji rejissyorligidagi birinchi albomi "Raat Taakli" hamda Dipali Vichare rejissyori boʻlgan Marathi klipida suratga tushgan. Javed Jaffery bilan JBCBollywood Live (Indonesia) B4U telekanalida mehmon va Movers & Shakers (Shekhar Suman Show) shousida namoyon boʻlgan.

Filmografiyasi




Teatr




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz