Bhagyashree




Bhagyashree Patwardhan (1969-yil 23-fevralda tug'ilgan) - hind aktrisasi va xayriya ishlari bo'yicha yetakchilardan biri. U hind tilida ishlangan kinolardagi rollari bilan tanilgan.

Bhagyashree "Maine Pyar Kiya"(1989) filmida Suman rolini o'ynagan holda o'zining dastlabki yutug'iga erishdi va bu film uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor bo'ldi. Shu vaqtdan boshlab aktrisalik uning asosiy ishiga aylandi. Suman roli ijrosi uchun "Filmfare Award for Best Female Debut" sazovor bo'ldi.1990-yillarda u filmlarda kamroq rol o'ynadi. Himolaya Dasani bilan qurilgan oilasiga e'tibor qaratgani tufayli faqatgina "Tyagi"(1992) va "Rana"(1998) filmlarida rol o'ynadi.

Bhagyashreening faoliyati 2000-yillardan boshlab qaytadan jonlandi. U turli xil filmlarda suratga tusha boshladi. Masalan, "Shotru Dhongsho"(2002) va "Uthaile Ghoonghta Chand Dekhle"(2006), "Humko Deewana Kar Gaye"(2006), "Red Alert: The War Within"(2010) va "Seetharama Kalyana"(2019) kabi filmlarda suratga tushgan.

Filmda rol o'ynashdan tashqari, Bhagyashree "Studio One"(2005) teleserialida ham rejissorlik qilgan va "Laut Aao Trisha"(2014–2015) filmida bosh rolni ijro etgan. Uning nozodi "Indian Television Academy Award"ga qo'yilgan. U bir vaqtning o'zida xayriya ishlarida ham qatnashib, jamiyatning ijtimoiy jonkuyari sifatida ham tanilgan.

Yoshlik yillari



Bhagyashree Maharashtradagi Sangli maratha(qirollik) oilasidan. Uning otasi Vijay Singhrao Madhavrao Patvardxan Sanglining rojasi edi. U uchta qizning eng kattasi, qolgan ikkita singlisining ismlari Madhuvanti va Purnima.

Faoliyati




U aktrisalik faoliyatini 1987-yilda Louisa May Alcottning "Little Women" filmiga asoslangan "Kachchi Dhoop" teleserialida boshlagan. Taniqli aktyor-rejissor Amol Palekar unga serialda rol ijro etishni taklif qildi. Chunki oldingi aktrisa rol o'ynashdan butkul voz kechgan edi.

U o'zining kinodagi debyutini 1989-yilda tijoriy jihatdan daromadli hind filmi "Meyn Pyaar Kiya"da amalga oshirgan edi. U Suman rolini "Salmon Xon" bilan birga ijro etdi. Bu uning bugungi kundagi eng muvaffaqiyatli va eng mashhur filmi bo'lib qolmoqda. Bu film uchun u "Filmfare Award for Best Female Debut" mukofotini qo'lga kiritdi. 1990-yilda Himoloy Dassani bilan turmush qurganidan so'ng, u bor yo'g'i quyidagi uchta filmda rol o'ynadi: Peepatning Qaid Main Hai Bulbul, KC Bokadianing "Tyagi" va Mahendra Shohning "Paayal" filmlari edi. 1992-yilda erining qarshiligiga qaramay 1993-yilda "Ghar Aaya Mera Pardesi" filmida Avinash Wadhawan bilan birga rol o'ynagan. Bu uning 1990-yillardagi oxirgi hind filmi edi va u keyinchalik bir nechta tamil, kannada va telugu filmlarida suratga tushdi. U telugu tilidagi debyutini "Yuvaratna Rana"(1998) filmida qilgan. Bhagyashree shuningdek, "CID" va "Kabhie Kabhie" teleseriallarining epizodlarida kichik rollarni ijro etgan. 

Bhagyashree 2000-yillarning oʻrtalarida "Maa Santoshi Maa"(2003), "Humko Deewana Kar Gaye"(2006) va "Red Alert: The War Within"(2010) kabi hind tilidagi filmlarga qaytdi. Bir necha yillik tanaffusdan so'ng u 2014-yildan 2015-yilgacha "Life OK" telekanalida namoyish etilgan "Laut Aao Trisha" teleserialidagi roli bilan televideniyaga qaytdi. 2019-yilda u kannada filmi "Seetharama Kalyana"da paydo bo'ldi. Bhagyashree 2014-yilgi hind filmi "2 Shtat"ning telugu filmlariga qaytishni rejalashtirmoqda.

2021-yilda Bhagyashree "Thalaivi" va "Radhe Shyam"dagi uzoq kutilgan ijrolari bilan hind filmlariga qaytishni boshlaydi. U "Radhe Shyam"da Prabxasning onasining rolini ijro etgan edi.

2022-yil fevral oyida Bhagyashree turmush oʻrtogʻi Himolaya Dasani bilan " StarPlus"ning “Smart Jodi ” tanlovida ishtirokchi sifatida qatnashgan edi.

Ijtimoiy hayotdagi ishlari



2015-yil mart oyida Bhagyashree Maharashtra hukumati tomonidan boshlangan "Bhagyashree tizimi" nomi bilan mashhur brendning vakili bo'ldi. "Bhagyashree tizimi" qashshoqlik chegarasidan past bo'lgan, oilalardagi qiz bolalarga ijtimoiy yordam qiladi.

Shaxsiy hayoti




Bhagyashree 1990-yilda Himolaya Dasaniga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi, bir oʻgʻli va bir qizi bor. Uning oʻgʻli Abhimanyu Dasani 2019-yilda “Mard Ko Dard Nahi Hota” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi erkak debyuti uchun "Filmfare Award for Best Male Debut" mukofotini qoʻlga kiritdi. Uning qizi Avantika Dassani "Mithya" veb-seriyalida debyut qildi.

Filmografiyasi




Film




Televizion




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz