Bezoarlar




Bezoarlar (fors, soʻzma-soʻz badi zahr — ziddi zahar), bezoar toshlar — qoʻy, echki, otlar, baʼzan qoramol, choʻchqalarning oshqozon-ichak yoʻlida chigʻallanib toʻplanib qoladigan hayvonlarning juni (pilobezoarlar) yoki oʻsimliklar tolasi (fitobezoarlar). Moddalar almashinuvi, hazm organlari faoliyati buzilganda, mollar da-gʻal tolali yem-xashak bilan boqilganda paydo boʻladi. Bezoar dumaloq shaklda boʻlib, baʼzan kattaligi yosh bola kallasidek keladi, sirti shilliq parda bilan_qoplanadi, ogʻirligi baʼzan 2,5 kg gacha yetadi. Bezoar paydo boʻlganda hayvonlarda tana harorati koʻtariladi, halloslaydi. Jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz