BEZOARLAR (forscha, so’zma-so’z badi zahr — ziddi zahar), bezoartoshlar — qo’y, echki, otlar, ba’zan qoramol, cho’chqalarning oshqozon-ichak yo’lida chig’allanib to’planib qoladigan hayvonlarning juni (pilobezoarlar) yoki o’simliklar tolasi (fitobezoarlar). Moddalar almashinuvi, hazm organlari faoliyati buzilganda, mollar dag’al tolali yem-xashak bilan boqilganda paydo bo’ladi. Bezoarlar dumaloq shaklda bo’lib, ba’zan kattaligi yosh bola kallasidek keladi, sirti shilliq parda bilan qoplanadi, og’irligi ba’zan 2,5 kilogrammgacha yetadi. Bezoarlar paydo bo’lganda hayvonlarda tana harorati ko’tariladi, halloslaydi. Jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish