Beyza




Beyza , Sharqiy Afrika oriks i (Oryx beisa) — juft tuyoqlilar turkumi quvushshoxlilar oilasiga mansub hayvon. Shimoli-sharqiy Afrikaning ochiq yerlarida (Somali yarim o., Sudan, Efiopiya, Keniya, Uganda, Tanzaniya) yashaydi. Beyzaning erkagida ham, urgʻochisida ham orqaga qarab toʻgʻri oʻsgan shoxi (uzunligi 1 m gacha) boshqa kiyiklardan farq qiladi. Yungi asosan qizgʻish-qoʻngʻir, tanasining yon tomonlari, boshi va oyoklarida qora yoʻllari bor. Beyza juft-juft boʻlib yuradi. Afrikada Beyzaga oʻxshash, lekin shoxining tuzilishi, rangi bilan undan farq qiladigan oriks uroʻgʻiga mansub quvushshoxlilarning bir necha turi tarqalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz