BEYZA
BEYZA, Sharqiy Afrika oriksi (Oryx garella beisa) — juft tuyoqlilar turkumi quvushshoxlilar oilasiga mansub hayvon. Shimoliy-Sharqiy Afrikaning ochiq yerlarida (Somali yarim oroli, Sudan, Efiopiya, Keniya, Uganda, Tanzaniya) yashaydi. Beyzaning erkagida ham, urg’ochisida ham orqaga qarab to’g’ri o’sgan shoxi (uzunligi 1 metrgacha) boshqa kiyiklardan farq qiladi. Yungi asosan qizg’ishqo’ng’ir, tanasining yon tomonlari, boshi va oyoqlarida qora yo’llari bor. Beyza juft-juft bo’lib yuradi. Afrikada Beyzaga o’xshash, lekin shoxining tuzilishi, rangi bilan undan farq qiladigan oriks uro’g’iga mansub quvushshoxlilarning bir necha turi tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz