BEYBUTOV RASHID MAJID O’G’LI (1915, Tbilisi — 1989, Boku) — Ozarbayjon estrada va opera xonandasi (lirik tenor). 1934 — 44 yillarda Yerevan, 1944 — 56 yillarda Boku filarmoniyasida yakkaxon xonanda; 1957 — 59 yillarda Ozarbayjon davlat kontsert ansambli, 1966 yildan Ozarbayjon davlat qo’shiq teatrining rahbari. Repertuaridan rus va G’arbiy Yevropa kompozitorlari asarlari hamda turli xalqlar (Eron, turk, Arab, g’ind va boshqalar) qo’shiqlar o’rin olgan. U.Hojibekovning “Arshin mol olon” musiqali komediyasi asosida yaratilgan filmdagi bosh roli (Askar) mashxur.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish