“BEY SHI”
“BEY SHI” (“Shimol tarixi” yoki “Shimoliy sulolalar tarixi”) — Xitoy sulolalari tarixi; 386-581 yillarda Shimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: shimoliy Vey (386-535), Shimoliy Tsi (550577), Shimoliy Chjou (557 581) tarixini o’z ichiga oladi. Tan sulolasi tarixchisi Li Yanshou (596-678) tomonidan yozilgan. 100 Szyuan (qism yoki bo’lim) dan iborat. Unda Xitoydan shimoli g’arbda yashagan qadimgi turkiy qavmlar haqida ham boy ma’lumotlar saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz