BETSON



BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi 1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. “Genetika” atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij universiteti professpr (1908-10). Ilmiy ishlari chog’ishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. “Borliq — yo’qlik” nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qo’yadigan omillar yo’qolishi bilan yangi belgilar paydo bo’lishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910 yilda Angliya genetik jurnalini tashkil etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz