Bets hujayralari
Bets hujayralari (shuningdek,
Betsning piramidal hujayralari deb ham ataladi) bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining kulrang moddasi beshinchi qatlamida joylashgan yirik piramidal hujayralar (neyronlar)dir. Bu neyronlar markaziy nerv sistemasidagi eng katta hujayra boʻlib, baʼzan diametri 100 mkm ga yetadi.
Bets xujayralari yuqori motorli neyronlar boʻlib, oʻz aksonlarini kortikospinal yoʻl orqali orqa miyaga tushiradi, bu yerda ular oldingi shox hujayralari bilan bevosita sinaps qiladi, ular oʻz navbatida mushak hujayralari bilan bevosita sinaps qiladi. Bets hujayralari bu neyronlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishning yagona manbayi emas, chunki toʻgʻridan-toʻgʻri kortikomotorneyronal hujayralarning aksariyati oʻrta yoki kichik neyronlardir. Bets hujayralarida piramidal neyronlarga xos bitta apikal dendrit mavjud boʻlsada, ular koʻproq birlamchi dendritik oʻqlarga ega boʻlib, bu oʻqlar somadan (hujayra tanasidan) chiqib har qanday nuqtada shoxlanishi mumkin. Bu perisomatik (hujayra tanasi atrofida) va bazal dendritlar barcha kortikal qatlamlarga chiqadi, lekin ularning koʻp gorizontal shoxlari (arborlari) V va VI qatlamlarni toʻldiradi, baʼzilari esa oq moddaga tushadi. Bir tadqiqotga koʻra, Bets hujayralari insonning asosiy motor korteksining Vb qatlamidagi umumiy piramidal hujayralar populyatsiyasining taxminan 10% ni tashkil qiladi. Bets hujayralari ukrainalik olim
Volodymyr Betz sharafiga nomlangan boʻlib, bunga sabab bu hujayrani dastlab
Volodymyr Betz 1 874-yilda chop etilgan asarida toʻliq tasvirlab bergan edi.
Volodymyr Betz
Vladimir Alexeievich Betz yoki Volodymyr Oleksiyovych Betz 1834-yil 12-oktabrda Ukrainada tugʻilgan (1894-yilda vafot etgan) ukrainalik anatom, "Saint Vladimir" universiteti (Kiyev, Ukraina) professori. Asosiy ishi bosh miya katta yarimsharlarida joylashgan yirik piramidal neyronlarni kashf qilish hisoblanadi. U 1861-yilning may oyida chet elga oʻqish uchun ketgan va 1862-yil sentabrda Brükke, Bunsen, Kölliker, Helmgolts, Kirxgof professorlari bilan birga oʻqib, ularning maʼruzalarida qatnashib,qaytib kelgan.1864-1867 yillarda universitetda anatomiya va gistologiyadan maʼruzalar oʻqiydi, 1868-yilda professor darajasiga koʻtarildi. 1874-yilda
Vladimir Alexeievich Betz birlamchi motor korteksidagi ulkan piramidal neyronlarni tasvirlab bergan, keyinchalik ular Betz nomini olgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org