Beth Broderick
Elizabeth Alice Broderick (1959-yil 24-fevralda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U ABC / WB televizion sitcomi Sabrina the Teenage Witch (1996—2003) da Zelda Spellman rolini gavdalantirgan. U, shuningdek, ABC sirli drama seriali „Hayot-Mamot (teleserial)da“ Diane Janssen rolini (2005—2008) hamda CBS telekanida efirga uzatilgan ilmiy-fantastik drama Under the Dome (2013)da Rose Twitchell rollarini ijro etgani bilan tanilgan.
Yoshligi
Beth Broderick Kentukki shtatining Falmouth shahrida Nina Lou (qizlik familyasi: Bowden) va Thomas Joseph Brodericklarning qizi boʻlib tugʻilgan. U Californianing Hantington Beach shahrida oʻsib ulgʻaygan. Bolaligida ham u teatrga qiziqardi. U oʻn olti yoshida oʻrta maktabni, 18 yoshida Californianing Pasadena shahridagi Amerika san'at akademiyasini tamomlagan. Keyinchalik u aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun New York shahriga koʻchib oʻtadi. Uning ikki nafar singlis bor.
Faoliyati
Elizabeth Alice Broderick, keyinroq Norris OʻNil sifatida tanilgan, u ikkita kattalar uchun moʻljallangan filmlarda debyut qilgan: „In Love“ (1983) va „Bordello: House of the Rising Sun“ (1985). Ikkala rolda ham u lezbiyen obrazini tasvirlagan, biroq rollari moliyaviy jihatdan omadsiz yakunlangan. Yana Norris OʻNil sifatida u Sex Appeal (1986) asosiy komediyasida paydo boʻladi. 1986-yilda u „ Looks Could Kill, Student Affairs, Young Nurses in Love hamda Slammer Girls“ filmlarida, qamoqxona filmi janridagi ayollarning aldovida kichik rollarni ijro etgan.
U „Carnal Knowledge“, Triplets in Uniform ,"the Master of Discipline" hamda Zastrozzi kabi bir nechta teatr spektakllarida ishtirok etgan (ular ham birgalikda ishlab chiqarilgan). New Yorkda u „The Mousetrap“, The Lion in Winter" va boshqa koʻplab filmlarda rol oʻynagan. U Chikagodagi Northlight teatrida „Bad Dates“ nomli bir aktyor shousida ham ishtirok etgan
Broderick Dennis Bailey bilan birga A Cup of Joe, Wonderland va Literatti asarlari uchun ssenariylar yozgan.
U Sabrina, the Teenage Witchning uchta epizodini boshqargan: „Guilty!“ (2002), „Guilty“ (2002) va „Making the Grade“ (2001).
Shaxsiy hayoti
Broderick rejissor Brian De Palma bilan The Bonfire of the Vanities (1990) filmini suratga olish vaqtida bir yil davomida ishqiy munosabatda boʻlgan. 1998-yilda Broderick Brian Porizek bilan turmush quradi va er-xotin 2000-yil 11-iyulda ajrashishadi. U 2005-yil 29-aprelda Scott Paettyga turmushga chiqadi.
Broderick 2014-yilda Texasning Ostin shahrida istiqomat qilgan. U yerda u mustaqil filmlar va mahalliy teatr spektakllarida ishtirok etgan.
Filmografiyasi
Film
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org