Betakror shoumen




Betakror shoumen (inglizcha: The Greatest Showman ) 2017-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh musiqiy filmidir. Film rejissyori — Michael Gracey, ssenariynavislari esa Jenny Bicks va Bill Condon'dir. Film Chernin Entertainment va TSG Entertainment tomonidan ishlangan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Filmda bosh rollarni Hugh Jackman, Zac Efron, Michelle Williams, Rebecca Ferguson va Zendaya kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Film sheʼriy erkinlik uchun tanqidga uchradi, ayrim tanqidchilar filmni „uydirma va sayoz“ deya taʼkidlashdi, ammo ijro, musiqa va prodyuserlik ishlari uchun xush qarshilanib, 75-Oltin globus taqdirlash marosimida Best Motion Picture — Musical or Comedy va Best Actor — Musical or Comedy (Jackman uchun) nominatsiyalariga loyiq topildi. Film yana „This Is Me“ ashulasi uchun Best Original Song nominatsiyasini (Oltin globus va Oscar) qoʻlga kiritib, Grammy mukofotlari taqdirlash marosimida Best Compilation Soundtrack for Visual Media nominatsiyasiga sazovor boʻldi.

Musiqasi



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Benj Pasek va Justin Paul yozgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz