Bet You Wanna
„
Bet You Wanna “ – Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhining amerikalik reper Cardi B ishtirokidagi qoʻshigʻi. Qoʻshiq 2020-yil 2-oktabrda YG va Interscope leybli orqali guruhning koreys tilida yozilgan „The Album“ nomli ilk studiyaviy albomining bir qismi sifatida chiqarilgan. Trek Cardi B, Jonathan Descartes, Melanie Joy Fontana, Ryan Tedder, Stiven Franks, Teddy, Tommy Brown va Torae Carr tomonidan yozilgan hamda Franks, Teddy va Braun tomonidan prodyuserlik qilingan.
„Bet You Wanna“ qoʻshigʻi tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻlgan va Malayziya hamda Singapurda 4-oʻrindan, Janubiy Koreyada 14-oʻrindan joy olgan. Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yaponiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va Valloniyada esa eng yaxshi 100 ta qoʻshiq roʻyxatiga kiritilgan. Trek AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatiga kirmagan boʻlsa-da, Bubbling Under Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan.
Kompozitsiyasi
„Bet You Wanna“ qoʻshigʻi Cardi B, Jonathan Descartes, Melanie Joy Fontana, Ryan Tedder, Stiven Franks, Teddy, Tommy Brown va Torae Carr tomonidan yozilgan hamda Franks, Teddy va Braun tomonidan prodyuserlik qilingan. Qoʻshiq shoʻx ohanglarga boy boʻlib pop janrida yozilgan.
Tanqidiy fikrlar
"Rap-Up" jurnali qoʻshiqni „klub bop“ deb tasvirlagan. Yahoo kompaniyasi aʼzosi Starr Bownbank qoʻshiqni „yilning eng jozibali qoʻshiqlaridan biri“ deb hisoblagan. Shaad D’Souza „Paper“ jurnalida qoʻshiqni „hoziroq eshitishingiz kerak boʻlgan 10 ta yangi qoʻshiq“ roʻyxatiga kiritgan. Jason Lipshutz qoʻshiqni „shoʻx, raqsbop hamda Jennie bilan Rosening vokallari bilan yanada joʻshqin“ deb taʼkidlagan.
Tijoriy muvaffaqiyati
Qoʻshiq New Zealand Hot Singles chart xit-paradida 4-oʻrinda debyut qilgan, shuningdek, Avstraliya, Irlandiya, Shotlandiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyaning chartlarining ilk haftasida yuqori oʻrinlardan joy olgan. 2020-yil oxiriga kelib, qoʻshiq AQShda 19 600 000 ta oqimda uzatilgan.
Tarkib
Ommaviy axborot vositalarida foydalanish
2022-yilda „Bet You Wanna“ qoshigʻi HBO Max kanalida efirga uzatiluvchi „Pretty Little Liars: Original Sin“ teleserialining ikkinchi epizodida paydo boʻlgan.
Chartlar
Haftalik
Oylik
Manbalar
uz.wikipedia.org