BESSA (Fransuzcha baisse — pasaytirmoq)— birja chayqovchiligi; qimmatbaho qog’ozlar kursi yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni pasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qog’ozlar yoki tovarlarni ma’lum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi o’rtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi bilan chayqovchi sotuvchi qog’ozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid qilib, o’z kontrageptiga shartlashilgan yuqori narxlarda topshirib, foyda olishi mumkin. Shunday qilib, kelishuv tovar yoki qog’ozlarni amadda yetkazib bermay turib ham kurs farqini to’lash bilan tugaydi. Kurs yoki narx pasayishidagi farq sotuvchi foydasiga, narx ko’tarilganda esa xaridor foydasiga hal bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish