Beskoʻl
Beskoʻl qishlogʻi — Shimoliy Qozogʻiston viloyati, Qiziljar tumanining markazi. Petropavlovsk shahrining janubigacha 15 km masofada, Yesil daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 13 598 kishi (2012).
Tarixi
Beskoʻl qishlogʻi 1938-yili Petropavlovsk MTS-ning markazi boʻlib tashkil topdi. Nomi atrofidagi koʻllarga bogʻliq. 1967-yildan buyon tuman markazi.
Sanoati
Beskoʻlda qush fabrikasi, "Romantik" aksioner jamoasi, "Molservis" konsorsiumi, tuman nashrlari, oziq-ovqat kombinati va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha
Shimoliy Qozogʻiston mol chorvachiligi ilmiy-tadqiqot institutining filiali, oʻrta maktab, madaniyat uyi, kasalxona, shifoxona, sanitar-epidemiologiyalar faoliyat yuritmoqda. Beskoʻl orqali Petropavlovsk — Koʻkshetov, Petropavlovsk — Novoishim avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org