Beshtramsoy




Beshtramsoy — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoshsoy, oʻrta va quyi oqimida Shoʻrgʻasoy deb ham ataladi. Qoratogʻning jan. yon bagʻrida 1100 m balandlikdan boshlanadi. 9 ta irmogʻi bor. Uz. 22 km, havzasining maydoni 41 km². B. juda kamsuv. Yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Baʼzan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi sugʻorishga sarf boʻladi va Zarafshon daryosiga yetmasdan qurib qoladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz