Beshrabot




Beshrabot  — qishloq, Navoiy viloyati Navbahor tumani markazi (1983 yildan). Navoiy shahridan 24 km shimoli-gʻarbda. Navoiy temir yoʻl stansiyasidan 28 km narida. Beshrabotdan Konimex arigʻi oqib oʻtadi. Aholisi 5000 kishiga yaqin (2000), asosan oʻzbeklar va qoraqalpoklar. Aholisi asosan qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, polizchilik va sabzavotchilik) bilan shugʻullanadi. Beshrabotda gʻisht zavodi, marmarga ishlov berish sexi ishlab turibdi. „Farzikent“ mol bozori, savdo rastalari, 2 maktab, kattalar va bolalar kasalxonasi, 2 bolalar bogʻchasi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz