Beshqozoq
Beshqozoq (ruscha: Бешказак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
Shaharcha nomi besh va qozoq soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Qadimiy rivoyatlarga koʻra bu yerlarga besh nafar qozoq millatiga mansub yigitlar kelib, shu yerlarni oʻzlashtirishgan, obod qilishgan va yangi shaharchani barpo etishgan. Shu sababli ham hudud Beshqozoq deb nomlanadi.
Aslida esa qozoq xalqi va oʻzbeklarning qozoq urugʻiga mazkur nomning hech qanday aloqasi yoʻq. Qadimiy turkiy tillarda qazuq ariq soʻzi qazilgan ariq maʼnosini bildirgan. Qazuq soʻzi xalq orasida tovush oʻzgarishiga uchrab qozoq shakliga kelib qolgan. Ana shu qazilgan katta anhorning beshta kichik arigʻi boʻlgan. Mazkur shaharcha ham ayni mana shunday beshta ariq yaqinida joylashganligi sababli shunday nom olgan. Beshqozoq shaharchasining nomi Beshariq nomi bilan sinonim (maʼnodosh) hisoblanadi.
Joylashuvi
Beshqozoq shaharchasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining janubi-gʻarbiy qismida, tuman maʼmuriy markazi Kitob shahridan 7.5 km uzoqlikda joylashgan. Beshqozoq shahriga eng yaqin aholi yashash punktlari: Birlik (gʻarb) va Qalmoq (janub) shaharchalaridir. Shaharcha yaqinidan Oqdaryo va uning irmoqlari oqib oʻtadi.
Beshqozoq shaharchasida Hazrati Bohovuddin Naqshband nomli jom’e masjidi joylashgan. Shaharcha hududida aholi yashash inshootlari juda zich tarzda bunyod etilgan.
Aholisi
1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chorshanba shaharchasida 4.5 ming tadan ortiq aholi yashagan. 2013-yilda bu koʻrsatkich 4263 nafar ekanligi aniqlangan.
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada qozoq millatiga mansub aholi yashaydi. Shuningdek, tojik va qirgʻiz millatiga mansublar ham bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org