Beshqayragʻoch masjidi
Koordinatalari: 41°30′8″N 69°16′6″E / 41.50222°N 69.26833°E / 41.50222; 69.26833 G O
Beshqayragʻoch masjidi — Toshkent shahri Uchtepa tumani Beshqayragʻoch mahallasi hududida joylashgan jomeʼ masjidi. 1998-yil 18-sentabr sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Tarixi
Beshqayragʻoch mahalla hududida joylashganligi sababli masjid „Beshqayragʻoch“ nomi bilan ataladi. Baʼzi tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Beshqayragʻoch mahalla guzarida beshta tarixiy qayragʻoch daraxti boʻlgan, ushbu maskan qadimda yoʻldan oʻtuvchi karvonlar uchun dam olish joyi sifatida foydalanilgan. Shu hududda istiqomat qilib oʻtgan Salohiddin Toshkandiy oʻzining „Temurnoma“ asarida ushbu mahallani „Beshkayragʻoch“ deb nomlagan. 1994-yilda mahalla faollari masjidni qurishni boshlashgan. 1995-yili oktabr oyidan masjid faoliyat yurita boshlangan. 2014-yilda toʻliq qayta taʼmirdan chiqarilgan.
Joylashuvi
Masjid Toshkent shahri Uchtepa tumani Beshqayragʻoch masjidi mahallasi hududida Koʻkcha Darvoza koʻchasi (sobiq Mannon Uygʻur koʻchasi) 555D uyda joylashgan jomeʼ masjidi.
Gallireya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org