Beshqayragʻoch koʻchasi (Toshkent)
Beshqayragʻoch koʻchasi — Uchtepa tumani xududida. Uzunligi 4 km atrofida. Kichik halqa yoʻli va Toʻqimachi koʻchasi oraligʻida joylashgan.
1966-yil tashkil topgan. Dastlab „Qizil tong“ deb nomlangan. 1972-yil 15-dekabrda dramaturg va jurnalist, qatagʻon qurboni Ziyo Said (1901-1938) nomi berilgan. 2009-yil 21-apreldan hozirgi nomda.
Mahallalar
Yoʻnalishidagi hududlar „Bogʻichinor“, „Degrez“, „Oʻtkir“, „Jarbuloq“, „Zulfizar“, „Ibrat“, „Nishabariq“, „Sharq guli“, Xondamir, Xurshid mahallalariga qarashli.
Binolar
Koʻchada „Ona va bola“ markazi, oilaviy poliklinika, maktablar, bogʻchalar, shaxsiy turar joy binolari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, ATS, aloqa boʻlimi, savdo majmuapari, umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobus bekatlari joylashgan. Yaqinida Toshkent avtomobil halqa yoʻli, toʻqimachilik qoʻshma korxonasi bor.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org