Beshotar




Beshotar — oʻqdoni (magazini)ga beshta oʻq joylashtiriladigan miltiq. 1891-yilda rus qurolsozi S. I. Mosin ixtiro qilgan. 19-asr oxirida dunyodagi barcha davlatlarning qoʻshinlari oʻqdonli miltiqlar bilan qayta qurollantirilgan. SI. Mosin B.ga 3-marta oʻzgartirish kiritib, 1930-yilda uni kalibri 7,62 mm li B. deb atagan. Nishonga olish uzokligi 2000 m. B.da koʻrsatilgan eng yaxshi natija 400 m gacha, optik moslama oʻrnatilgandan keyingi natijasi 800 m gacha. Oʻq stvol ichidagi burama oʻyiqlardan 3-marta aylanib oʻtgan. B.da minutiga 10—12 ta oʻq otish mumkin boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin pistoletpulemyotlar, karabinlar yaratilgandan soʻng (qarang Avtomat qurol) B. oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz