Beshog‘ayni mahallasi
Beshogʻayni — Toshkent shahridagi Sebzor dahasida joylashgan qadimiy mahallalardan biri boʻlgan. Mahalla Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada qariyb 150 xonadon istiqomat qilgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ular asosan chakana savdo va hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Mahalla hududida 2 ta masjid, qabriston, choyxona, baqqollik do‘konlari, sartaroshxona, juvozxona, tegirmon, to‘quv ustaxonasi bo‘lgan (20-asr boshi).
Hozirda
Hozirgi hududida 4-9 qavatli turar joy binolari qurilgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org