Beshkent botig'i




Beshkent botigʻi — Qashqadaryo viloyatidagi botiq. Gʻarbdan Buxoro va Chorjoʻy tektonik pogʻonalari va sharqdan Hisor togʻining jan.gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Jan.gʻarbi Amudaryo uzilmasi, shim.sharqi Qashqadaryo sinklinali bilan tutashgan. Uz. 160 km, paleozoy zaminining chuq. 4000– 6000 m. Beshkent botigʻi ning jan.gʻarbida (gʻarbdan sharqqa) Xoʻjambas, Dugʻoba antiklinal zonalari va shim.sharqida Alovuddin koʻtarilmalari joylashgan. Burmalar shim.gʻarbga tomon pasaya boradi. Beshkent botigʻi ning gʻarbidagi mezokaynozoy yotqiziqlarida bir qancha katta antiklinal bukilmalar (Ayzovot, Qamashi, Shim. Qamashi) yotadi. Har qaysisining uz. 20–25 km, balandligi 200–250 m. Beshkent botigʻi ning bir necha antiklinal bukilmalarida gaz konlari topilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz