Beshiktebratar
Beshiktebratar (lotincha: Mantis religiosa — haqiqiy beshiktebratarlar oilasiga mansub boʻlgan hasharot. Old oyoqlari ovqatni qabul qilish uchun moslashgan katta yirtqich hasharot . Uzunligi 42-52 mm (erkak) yoki 48-75 mm (urgʻochi). Eng katta va Yevropada eng keng tarqalgan turi.
Taʼrif
Oʻz tusini juda oʻzgaruvchan boʻlib, yashildan sariqqa yoki jigarrang-kulrangdan toʻq jigarranggacha oʻzgarishi mumkin. Oldi kuraklaridan oziqlanishdan tashqari, harakat uchun ham ishlatadi. Orqa oyoqlari yuguruvchan xisoblanadi. Qanotlari erkaklarida ham, urgʻochilarida ham yaxshi rivojlangan (urgʻochilari oʻzining katta hajmi tufayli juda yomon uchadi va uchishni istamaydi). Qorin qismi tuxumsimon va yaxshigina katta boʻladi.
Biologik oʻziga xosligi
uz.wikipedia.org