Beshik ketdi




Beshik kerti , beshik ketdi, quloq tishlash — bolalarni beshikdaligidayoq unashtirib qoʻyish odati. Oʻtmishda bir-biriga yaqin oilalarning birida oʻgʻil, ikkinchisida qiz tugʻilsa, ular voyaga yetganlarida birga turmush qurishlari belgilab qoʻyilardi. Otaonalar kelishib, qizning boshini bogʻlab qoʻyish uchun beshik dastasiga pichoq bilan kertib—belgi qilib qoʻyganlar. Beshik kerti urugʻqabilachilik davrining qoldigʻi. Qoʻshni, urugʻ, qabilalar oʻzaro doʻstlikni mustahkamlashda Beshik kerti dan foydalanganlar. Beshik kerti qilingai farzandlar voyaga yetganlarida turmush qurishlari shart boʻlgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz