BESHIK KERTI



BESHIK KERTI, beshik ketdi, quloq tishlash — bolalarni beshikdaligidayoq unashtirib qo’yish odati. O’tmishda bir-biriga yaqin oilalarning birida o’g’il, ikkinchisida qiz tug’ilsa, ular voyaga yetganlarida birga turmush qurishlari belgilab qo’yilardi. Ota-onalar kelishib, qizning boshini bog’lab qo’yish uchun beshik dastasiga pichoq bilan kertib—belgi qilib qo’yganlar. Beshik kerti urug’ qabilachilik davrining qoldig’i. Qo’shni, urug’, qabilalar o’zaro do’stlikni mustahkamlashda Beshik kertidan foydalanganlar. Beshik kerti qilingan farzandlar voyaga yetganlarida turmush qurishlari shart bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz