Beshariq




Beshariq  — Fargʻona viloyatidagi shahar (1983-yildan). Beshariq tumani markazi (1958-yilgacha Beshariq qishlogʻi, 1983-yilgacha shaharcha). Fargʻona vodiysining gʻarbida. Fargʻona shahridan 130 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi—Rapqondan 2 km. Katta Fargʻona kanali yaqinida. Aholisi 20 mingdan ziyod (2000). Shaharda momiqfkasi (1906-yildan), paxta tozalash zavodi, hunarmandchilik kombinati, tuman tashkilotlari, „Oʻzqishloqxoʻjaliktexnika“ tuman boʻlimi, traktor taʼmirlash ustaxonasi bor. Beshariq orqali Toshkent—Qoʻqon avtomobil yuli oʻtadi. Beshariqda 5 umumiy taʼlim maktabi, 4 ommaviy kutubxona, 2 klub, madaniyat uyi, 3 kasalxona, poliklinika mavjud (2000).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz