BESHARCHASOY



BESHARCHASOY — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi soy. Molguzar tog’larining shimoli Sharqiy yon bag’ridan (Ingichka dovonidan 1 kilometr Sharqda) boshlanadi. Uzunligi 10 kilometr bo’lib, ikkita irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Besharchasoy qor, yomg’ir hamda buloq suvlaridan to’yinadi. Bahor va yoz boshlarida sersuv, ba’zan sel keladi. Qolgan paytlarida esa Besharchasoy Achchisoyga yetmasdan qurib qoladi. Besharchasoydan chorva mollarini va qisman ekinlarni sug’orishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz