Beruniy Alimov




Beruniy Sultonovich Alimov (1973-yil 4-sentyabr, Xorazm viloyati) — taniqli oʻzbek jurnalisti, tarjimon, fan doktori.

Hayoti va faoliyati



Beruniy Alimov ziyoli oilasida tugʻilgan. 1995-yilda Oʻzbekiston milliy uvirersitetini jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993—1994-yillarda Hindiston ommaviy kommunikatsiya institutida tahsil olgan. 2018-yildan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD, 2021-yildan filologiya fanlari doktori, DSc ilmiy darajalariga ega. BBC Akademiyasining ToT-trenerlar uchun trening kursini (2017) tamomlagan. Texas Universitetining Kommunikatsiya fakultetida mamlakat media imiji mavzuida ilmiy tadqiqot (2019) olib borgan.

Mehnat faoliyati



Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Axborot“ direksiyasida boshlagan. 1994—1996-yillar MTRK „Axborot“ direksiyasi tarjimoni, muxbiri, sharhlovchisi, 1996-1997-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 3-kotibi — press-attashesi, 1998—2000-yillar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi matbuot kotibi, 2001—2005-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 2005—2008-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti, 2008—2009-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi, 2009—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi, 2011—2012-yillar Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Axborot xizmati rahbari, 2012—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari vazifasini bajargan. 2014-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti. 2021-yildan Yangi media taʼlim markazi NNT direktori hisoblanadi.

Bundan tashqari, oʻrindoshlik faoliyati asosida "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi musahhihi (1993), "Oila va jamiyat" gazetasi muxbiri (1994), International House Tashkent akademik litseyi oʻqituvchisi (1999), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tereneri (2015—2021), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti katta oʻqituvchisi (2018—2020), Facebook mintaqaviy tahlilchisi (2019—2020), Texas (AQSH) universiteti kommunikasiya fakulteti stajer-tadqiqotchisi (2019), YeXHT/DIIHB (Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari boʻyicha byurosi) missiyasi tarkibida Respublikasida parlament saylovlari (2019) va 2021-yilgi Prezident saylovlarida media monitor, AQSH Global media agentligining Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori (2020—2021), Toshkentdagi Vebster universiteti ad’yunkt professor assistenti (2020-yildan hozirga qadar), „Yangi media taʼlim markazi“ nodavlat notijorat tashkiloti direktori (2021-yildan hozirga qadar) vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati



Beruniy Alimovning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan ziyod ilmiy maqolalari mahalliy va chet el ilmiy jurnallarida, xususan, Google Scholar va Scopus ilmiy maqolalar bazasida indekslanadigan jurnallarda nashr etilgan. Doktorlik ishini „XXI asr media muhitida Oʻzbekiston imijini shakllantirishning nazariy-kognitiv aspektlari (AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya va Oʻzbekiston OAV materiallari misolida)“ mavzusida yoqlagan.

Ilmiy ishlar roʻyxati




Mukofotlari



2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligining 15 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2020-yilda „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishonini olgan.

2022-yilda „O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz