Bertrand Russell




Bertrand Arthur William Russell, 3-Earl Russell (18-may 1872 – 2-fevral 1970) britan faylasufi, tarixchi, matematik, patsifist, ratsionalist, Qirollik Jamiyati aʼzosi, Nobel mukofoti va "Xizmatlari uchun" ordeni laureati boʻlgan. Buyuk Britaniya va AQShda bir necha untlarning professor 1908-yildan London qirollik jamiyati aʼzosi. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Uning fikricha, falsafa oʻz muammolarini tabiiyot ilmidan oladi, uning vazifasi — tabiiyot ilmi tamoyillari va tushunchalarini tahlil qilish va tushuntirishdan iborat. Mat.ni mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktivaksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. "Matematika asoslari" (A. Uaytxed bilan birgalikda; 1—3j.lar, 1910—13) asarini yozgan. R. oʻzining sotsiologik karashlari bilan psixologizmga yaqinlashgan. Uning fikricha, tarixiy jarayon va odamlarning xattiharakati asosida instinkt, hissiyot yotadi. R. obyektiv tarixiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin emas, deb hisoblagan. U yadro qurolini taqiqlash va tinchtotuv yashash siyosatining tarafdori boʻlgan. Paguosh harakati tashabbuskorlaridan biri. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureata (1950).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz