Bert Freeman
Bertram Clewley Freeman (inglizcha: Bertram Clewley Freeman),
Bert Freeman nomi bilan mashhur (inglizcha: Bert Freeman)-markaziy hujumchi sifatida oʻynagan ingliz futbolchisi.U Angliyaning „Vulvich Arsenal“, „Everton“, „Byornli“ va „Uigan Boro“ klublarida shuningdek, Angliya terma jamoasida oʻynagani bilan tanilgan.1955-yil 11-avgustda vafot etgan.
Klubdagi faoliyati
Birmingemlik Freeman „Gower Street Old Boys“ va „Aston Meynor“ yoshlar jamoalarida oʻynagan.1904-yil aprel oyida u „Aston Villa“ga qoʻshildi va oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi.Biroq u hech qachon Villaning asosiy jamoasida oʻynamagan va 1905-yilning noyabrida Londonning „Vulij Arsenal“ klubiga sotib yuborilgan.
1905-yil 25-noyabrda Freeman „Vulij Arsenal“ tarkibida „Nottingem Forest“ga qarshi o‘yinda debyut qildi va gol urdi. 1906-yil 10-martda Angliya kubogi chorak finalida „Manchester Yunayted“ ga qarshi o‘yinda „dubl“ qayd etdi. Umuman olganda 1905/06-yilgi mavsumda Freeman 21 oʻyinda 12 ta gol urdi.Keyingi mavsumda u 12 uchrashuvda 8 ta gol urdi.1907/08-yilgi mavsumda u 15 uchrashuvda 4 ta gol urdi.
1908-yilning aprelida u 350 funt sterling evaziga „Everton“ga oʻtdi.1908-yilning 17-aprelida u yangi jamoasi safida „Liverpul“ ga qarshi o‘yinda debyut qildi.Tez orada u 1908-yilning fevralida „Everton“ga koʻchib oʻtgan sobiq „Arsenal“ futbolchisi Tim Koulman bilan samarali hujumkor aloqani oʻrnatdi.1908/09-yilgi mavsumda u „Everton“ safida 37 ta oʻyinda 38 ta gol urib,Birinchi divizionning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.Oʻsha mavsumda „Everton“ 46 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi va chempionatda gʻalaba qozongan "Nyukasl Yunayted" dan 7 ochko kam toʻpladi.1908-yil 10-oktabrdan 12-dekabrgacha Freeman ketma-ket 10ta o‘yinda gol urdi va raqib darvozasiga 17ta gol kiritdi.Shu jumladan, „Sheffild Yunayted“ va „Sanderlend“ga qarshi o‘yinlarda xet-trik qayd etdi.Freemanning ligadagi 38 ta goli 1925/26-yilgi mavsumda Ted Xarper tomonidan yangilangan toʻpurarlik rekordini oʻrnatdi.
1909/10-yilgi mavsumda u 26 ta gol (shundan 22 tasi chempionatda),1910/11-yilgi mavsumda esa 11 uchrashuvda atigi 2 ta gol urgan.Mavsum yakunida „Everton“ rahbariyati klub uchun 94 uchrashuvda 67 ta gol urgan futbolchini sotishga qaror qildi.
1911-yilning bahorida Freeman 800 funt sterling evaziga „Bernli“ga koʻchib oʻtdi.U klubdagi debyutini 1911-yil 15-aprelda „Vulverxempton“ga qarshi oʻtkazdi.1911/12-yilgi mavsumda u 33 ta liga oʻyinida 32 ta gol urib,Ikkinchi divizionning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.1912/13-yilgi mavsumda Freeman yana Ikkinchi divizionning eng yaxshi toʻpurari boʻldi (31 gol) va oʻz jamoasiga ligada ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi, bu esa uning Birinchi divizionga chiqishini taʼminladi.
1913/14-yilgi mavsumda Freeman Birinchi divizionning 31 oʻyinida 16 ta gol urdi.Angliya kubogida „Bernli“ finalga chiqdi va u yerda „Liverpul“ bilan toʻqnash keldi va Freemanning yagona goli evaziga gʻalaba qozondi.
1914/15-yilgi mavsumda u 32 ta oʻyinda 12 ta gol urgan.Bu Birinchi Jahon Urushidan oldingi Futbol Ligasining oxirgi mavsumi edi.Futbol ligasining navbatdagi mavsumi atigi besh yil oʻtib boʻlib oʻtdi.Urush paytida u „Birmingem“da mehmon sifatida oʻynadi.Angliyada rasmiy turnirlar qayta boshlanganidan soʻng Freeman yana ikki mavsum (1919/20 va 1920/21) „Bernli“da oʻynadi.1920-yil 21-fevralda u „Bernli“ tarixida klub uchun 100 ta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi.U „Bernli“ safida jami 189 ta o‘yin o‘tkazib, 115 ta gol urgan.
1921-yilda u „Uigan Boro“ga oʻtdi va u yerda bir mavsum (25 oʻyin,13 gol) oʻtkazdi.Keyinchalik u „Kettering Town“ va „Kidderminster Harriers“ jamoalarida oʻynadi.
Terma jamoadagi faoliyati
1909-yil 15-martda Freeman Angliya terma jamoasi safida Uelsga qarshi o‘yinda debyut qildi va gol urdi.1909-yil martidan 1912-yil martigacha milliy terma jamoa safida beshta o‘yin o‘tkazib,3 ta gol urdi.
Yutuqlari
"Everton" "Bernli" Angliya terma jamoasi Britaniya uy chempionati gʻolibi-1909,1912
Shaxsiy yutuqlar Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org