BERSH BALIQ (Lucioperca volgensis)— okunsimonlar oilasiga mansub baliqlar turi, uzunligi 25-45 santimetr, og’irligi 2 kilogrammgacha. Qora, Azov, Kaspiy dengizlariga quyiladigan daryolar etagida yashaydi. Sudak balig’iga o’xshash, 3-4 yoshda voyaga yetadi. Aprel—may oylarida daryoning sayoz joylariga tuxum qo’yadi. Yosh baliqlar suvdagi umurtqaslz jonivorlar bilan va keyinroq mayda baliqlar bilan oziqdanadi. Bersh baliq kam ovlanadi, tuzlangan holda iste’mol qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish