Beros




Beros (yun., bobilcha Belrushu) (miloddan avvalgi taxminan 350—280) — bobillik tarixchi, maʼbud Marduk ibodatxonasi kohini. Bobildagi harbiy harakatlar munosabati bilan Yunonistonga qochib borib. Kos o.da astrologiya maktabi ochgan. Vataniga qaytgach, mahalliy rivoyatlar va tarixiy anʼanalar asosida podsho Antiox 1 ga atab yunon tilida Bobil tarixini yozgan. B. asarlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Asarning (koʻp holda faktlar buzib koʻrsatilgan) ayrim parchalari antik va Vizantiya tarixchilari asarlaridan joy olgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz