Berolinum
Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn]) Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km. Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.
Tarixi
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.
Geografiyasi
Iqlimi
Iqlimi moʻtadil, sernam; oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.
Demografiyasi
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi.
Millatlar
Iqtisodi
Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.
Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.
Madaniyati
Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (13—14-asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—91), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—21) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.
Galereya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org