BERNSTAYN LEONARD (1918.25.8, Lorens, Massachusets shtati — 1990.14.10, Nyu York) AQSh kompozitori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targ’ibotchisi. 1943 yildan boshlab Nyu-Yorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda bo’lgan. 1954 yildan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targ’ib qilib kelgan. Kompozitor sifatida Bernstayn deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Bernstaynning mashhur myuzikllari orasida “Vestsayd hodisasi” (1957) ko’p mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish