Bernovodagi Aleksandr Sergeyevich Pushkin Muzeyi
Bernovodagi Aleksandr Sergeyevich Pushkin muzeyi -federal ahamiyatga ega Tver viloyatining Staritskiy tumanida joylashgan. Pushkin ushbu muzeyga tashrif buyurgan boʻlib, muzey Bernova qishlogʻida bunyod etilgan. .
Muzey Yuqori Volgadagi Pushkin halqasida joylashgan asosiy obyektidir .
Tarixi
18-asrdan boshlab mulk Vulf sulolasing zodagon oilasiga tegishli boʻlib, ular Pskov viloyatida Pushkinning qoʻshnilari boʻlgan.Pushkin oilasining ham oʻsha hududda mulki boʻlib,Vulflar bilan tanish boʻlgan.Shu sababli, Pushkin ushbu muzeyga tashrif buyurgan.
Muzey hududida bogʻ va oilaviy qabriston ham mavjud.
Muzey 1971-yilda ochilgan. Muzey binosi toshdan yasalgan ikki qavatli qasr boʻlib, oʻzining asl koʻrinishida saqlanib qolgan. . Muzey binosi yonida Aleksandr Sergeyevich Pushkin haykali oʻrnatilgan.Har iyun oyining birinchi yakshanba kunida Bernova qishlogʻida anʼanaviy Pushkin sheʼriyat festivali oʻtkaziladi.
Shuningdek, qishloqda Bibi Maryamning hozirgi cherkovi (1687 — 1699 yillarda qurilgan) joylashgan. Qishloqning markaziy qismidagi 12 ta uy, spirtli ichimliklar zavodi ham davlat muhofazasi tomonidan meʼmoriy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
1985-yildan beri muzeyda rassom Varvara Dmitreyevna Bubnovaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan doimiy koʻrgazma mavjud.
Adabiyot
Havolalar
Eslatmalar
uz.wikipedia.org