Bernard Lewis
Bernard Lewis (talaffuzi: Bernard Lyuis) (31-may 1916-yil — 19-may 2018-yil) — britaniyalik-amerikalik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. Lewis Islom dini tarixi va musulmon mamlakatlar bilan gʻarbiy mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha qator asar yozgan. U Yaqin Sharqni oʻrgangan eng taniqli gʻarb olimlaridan biri hisoblanadi.
Bir necha siyosatchi, jumladan AQShning 43-prezidenti George W. Bush Lewisdan maslahat olib ish tutgan. Lewis oʻzining „From Babel to Dragomans“, „The Assassins: A Radical Sect in Islam“ va boshqa qator asarlari bilan shuhrat qozongan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org