Bernard
Bernard Anício Caldeira Duarte (talaffuzi: Bernard Anicio Caldeira Duarte; 1992-yil 8-sentyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Panathinaikos“ futbol klubi himoyachisi, Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Klublardagi faoliyati
Bernard oʻz faoliyatini 2006-yilda „Atlético Mineiro“ futbol akademiyasida boshlagan, boʻyi pastligi sababli ikki marta jamoaga qoʻshilish uchun bergan arizasiga rad javob olgan. Keyinchalik jamoa safiga kirgan futbolchi maydonda arim himoyachi sifatida toʻp surgan. U 16 ta oʻyinda 14 ta gol urib, ajoyib oʻyin koʻrsatmagani sababli, u 2011-yil „Atlético“ futbol klubiga oʻtgan. 2011-yil 23-mart kuni „Uberaba“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard „Mineiro“ futbol klubi safida debyut qilgan. 21-may kuni „Coritiba“ futbol klubidagi jamoadoshlariga qarshi bahsda yarim himoyachi Braziliya chempionatida debyut qilgan. 2012-yil 26-iyunda „Náutico“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard klub safida birinchi golini urgan.
2016-yil 26-iyul kuni Chempionlar ligasi saralashida Shvetsariyaning „Young Boys“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urgan. 20-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Bernard rasmiy yevrokubokdagi ilk golini urgan.
2018-yilning 9-avgust kuni Angliyaning „Everton“ futbol klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2012-yilning 11-sentyabr kuni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mano Menezes Bernardni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etishga chaqirgan, biroq yarim himoyachi maydonga tushmagan. 22-noyabr kuni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u 74-daqiqada Lucasning o‘rniga maydonga tushib, terma jamoada debyut qilgan. Bernard milliy terma jamoada 20-raqam ostida oʻynab kelmoqda.
2013-yilning yozida Bernard terma jamoa tarkibida Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Italiya va Urugvay bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.
2014-yilda Bernard oʻz mamlakatida boʻlgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Xorvatiya, Meksika va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org