Berlin masjidi




Berlin masjidi (nemischa: Berliner Moschee, Wilmersdorfer Moschee, Ahmadiyya Moschee) Berlin sxaridagi Berlin-Vilmersdorfdagi Brienner Straße 7-8 koʻchasida joylashgan. Masjid arxitekturasi  K. A. Hermann tomonidan ishlab chiqilgan va 1923—1925-yillarda qurib bitkazilgan. Berlin masjidining 27-metr-tall (90 ft)lik minoralari Ikkinchi jahon urushida katta zarar koʻrgan. Ikki minora 1999—2001-yillaroraligʻida qayta qurilgan.

1923-yil 6-avgustda tamal toshi qoʻyilgan va masjid 1925-yil 26-aprelda rasman ochilgan.

Gumbaz boburiylar arxitektura uslubida qurilgan boʻlib, oʻsha davrning ajoyib binolarini oʻziga xos uslublar bilan aks ettirgan. Bunday uslublardan biri meʼmorlarning piyoz gumbazi va pastel ranglardan foydalanishidir. Bu bino Boburiylar imperiyasi qabrlariga oʻxshash tarzda bunyod etilgan. Nafaqat bu koʻrinish, balki binoda koʻrilgan simmetriya ham Toj Mahal shamoyilini oʻzida aks ettiradi. Masjid yonida masjidning diniy rahbari imomning qarorgohi joylashgan boʻlib, mazkur qarorgohi ikki qavatli binodan tashkil topgan.

Masjid Lahor Ahmadiya Harakati (Ahmadiyya Anjuman Ishoat-i-Islom Lahor)ga tegishli va asosan ularga xizmat koʻrsatadi.

Tarixi



1900-yillarda masjid qurilishidan oldin Islomning Germaniyada taʼsiri unchalik katta boʻlmagani uchun Berlin masjididan avval Berlindan tashqarida kichik yogʻochdan qurilgan inshoot 1923-yilda vayron qilingan. Oradan koʻp oʻtmay, Germaniyada masjid qurish zarurligini sezgan Lahor Ahmadiya harakati masjidni bunyod etgan. Berlin masjidining baland minoralari Ikkinchi jahon urushida rus askarlarining hujumi tufayli jiddiy shikastlangan. Nafaqat minoralar, balki gumbazga ham ziyon yetgan. Berlin yodgorliklari boʻlimidan binoni tiklash uchun mablagʻ olingach, masjid 1952-yilda qayta ochilgan.

Berlin musulmon missiyasi va Berlin masjidi



Islom markazining rejasi



1920-yil fevral oyida hind musulmon siyosiy faoli Pro. Abdul Jabbor Xeri nemis musulmoni doktor Xolid Banning bilan uchrashdi va Berlinda Islom markazi tashkil etish istiqbollarini koʻrib chiqa boshladi. U doktor Xolid Banning bilan bu haqda fiklashar ekan, Pro Abdul Jabbor Xeri Angliyaning Woking shahrida Shoh Jehan masjididagi musulmon missiyasi imomi nomiga nemis ayolidan yozgan maktublarini oladi. Uning akasi Pro. Sattor Xeri maktublarni Woking masjidi imomi Mavlono Mustafoxonga yubordi va u yerdan maktub Lahor Ahmadiya Harakatiga (Ahmadiyya Anjuman Ishoat-i Islom Lahor) yetib keladi. Rejaning maqsadi va ahamiyatliligi Lahor harakati tomonidan koʻrib chiqiladi, oxir-oqibat masjid qurish rejasi qabul qilinadi.

Germaniyada Islom dinini targʻib qilish zarurati



1922-yil may oyida Hindistonda mashhur ingliz gazetasi boʻlgan „Mohammadan“ da „Germaniyada islomni targʻib qilish zarurati“ sarlavhali maqola chop etiladi. Maqola Berlinda yashovchi hind musulmon siyosiy faoli Abdus Sattor Kheri tomonidan yozilgan edi. U va uning ukasi Abdul Jabbor Xerilar aka-uka Kheri nomi bilan tanilgan hamda Germaniyada Islom markazini tashkil etish gʻoyasini ilgari surgan shaxslardir. Ularning ikkalasi ham 1920-yillar boshida Germaniya poytaxtida musulmonlar tashkilotiga rahbarlik qilishda katta rol oʻynagan.

Masjid haqida strukturaviy tafsilotlar




Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz