BERKNESLAR
BERKNESLAR (Bjerknes) — ota va o’g’il norveg geofiziklari: 1) Vilgelm Friman Koren (1862— 1951) — meteorologiyada frontologik ilmiy maktab asoschisi. Suyuqlik yoki gazda tsirkulyasiyaning tezlashishi to’g’risidagi teorema, tsiklonlarning to’lqin nazariyasi muallifi. Obhavoni oldindan aytishning dinamik usullarini ishlab chiqqan. Norvegiyada obhavo xizmatiga asos solgan (1917); 2) Yakob (1897 1975) — atmosfera frontlari haqidagi ta’limot asoschilaridan biri. Asarlari tsiklonlar evolyusiyasiga, ularning atmosferaning umumiy tsirkulyasiyasidagi ahamiyatiga, okean suvlarining atmosfera jarayonlariga ta’siri va boshqalarga doir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz