Berk ko‘llar




Berk koʻllar — suvi oqib chiqmaydigan koʻllar. Berk koʻllar suvlari, asosan, bugʻlanadi va qisman yer ostiga sizib ketadi. Dasht va chala choʻl zonalaridagi berk oʻlkalarda va abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan joylarda koʻp uchraydi. Berk koʻllar Sharqiy Sibir va Saxada (Yakutiya), Oʻrta Osiyoda kup. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, Ulik dengiz, Issiqkoʻl va boshqa koʻllar Berk koʻllardir. Qurgʻoqchil iqlimli joylardagi Berk koʻllar larning suvi shoʻr boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz