Bering oroli




Bering oroli — Bering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol (RF). Maydoni 1,7 ming km². Jan.sharqiy qismi togʻli (eng baland kismi 751 m), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, tundra oʻsimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan (ryabina) oʻsadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi — ruslar va aleutlar. V. Bering nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz