BERING OROLI



BERING OROLI — bering dengizining Komandor orollari guruhidagi Orol (Rossiya Federatsiyasi). Maydoni 1,7 ming kilometr kvadrat. Janubiy Sharqiy qismi tog’li (eng baland qismi 751 metr), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 millimetr yog’in yog’adi. Asosan, tundra o’simliklari, soyliklarda lakana qayin, tol, chetan (ryabina) o’sadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi — ruslar va aleutlar. V. Bering nomi bilan atalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz